Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi
Uning qo‘lida metall bilaguzuk bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Videodan kadr
Peru havaskorlar chempionati doirasidagi futbol o‘yinida fojia yuz berdi.
«Familia Chokka» va «Xuventud Bellavista» o‘rtasidagi bahs vaqtida stadionga chaqmoq urdi. Hakam zudlik bilan o‘yinni to‘xtatdi.
Biroq, futbolchilar maydonni tark eta boshlaganida yana bir bor chaqmoq chaqdi va bu safar futbolchilarga tegdi. Oqibatda, 39 yoshli Xose de la Kruz halok bo‘ldi, yana 7 futbolchi jarohat oldi. Ular kuyish jarohati bilan shifoxonaga yetkazildi.
Chilka munitsipaliteti fuqarolik mudofaasi rahbarining matbuotga xabar berishicha, yashin futbolchining qo‘lidagi metall bilaguzuk tufayli urgan.
Mavzuga oid

18:20 / 16.03.2025
Ochiq okeanda 95 kun qolib ketgan perulik baliqchi qutqarildi

14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi

17:05 / 04.02.2025
Qashqadaryoda avtomobilda «drift» qilishga uringan ikki yigit halok bo‘ldi

16:14 / 04.02.2025