Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Bu Qirg‘iz Respublikasining “Dostuk” chegara bojxona posti axborot tizimlarida texnik ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq.
Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara bojxona posti harakatlanuvchi tashuvchilar va haydovchilar uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iz Respublikasining “Dostuk” chegara bojxona posti axborot tizimlarida texnik ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan mazkur postga tutash Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali 2024 yil 6 noyabr kuni yuk va yengil avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Xabarda yengil mashinalar Andijondagi “Xonobod” chegara bojxona posti orqali, yuk mashinalari esa Namangandagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti orqali harakatlanishi mumkinligi bildirilgan.
Avvalroq Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti ochilgandi. Undan avvalroq esa Andijon viloyatidagi Qirg‘iziston bilan chegaradosh “Qorasuv” chegara bojxona posti 14 yillik tanaffusdan so‘ng qayta ochilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025