Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan SSV: Isroil hujumlarida bir sutkada 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Umuman olganda, 2023 yil 8 oktyabrdan, «Hizbulloh» bilan mojaro avj olgandan beri 2968 kishi halok bo‘ldi, 13 319 kishi yaralandi.
Isroil armiyasining so‘nggi 24 soat ichida Livanga uyushtirgan hujumlari natijasida 71 kishi halok bo‘ldi, 169 kishi yaralandi, deya xabar bermoqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Idoraning rasmiy bayonotiga ko‘ra, qurbonlar va yaradorlar mamlakatning turli hududlarida berilgan aviazarbalar natijasidir.
Umuman olganda, 2023 yil 8 oktyabrdan, «Hizbulloh» bilan mojaro avj olgandan beri 2968 kishi halok bo‘ldi, 13 319 kishi yaralandi.
Isroil, shuningdek, sentabr oyi oxiridan beri Livan janubida, jumladan Bekaa va Baalbek hududlarida ham hujumlarni kuchaytirgani xabar qilingan.
Bombardimonlar natijasida yuz minglab odamlar o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.
Livan hukumatining qayd etishicha, 518 mingdan ortiq qochqin Suriyaga chiqib ketgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025