Jahon | 14:15 / 06.11.2024
4161
2 daqiqa o‘qiladi

Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin

Eron prezidentining ta’kidlashicha, AQSh va Yevropa yetakchilari Eron Tehronda Hamas yetakchisiga suiqasd uyushtirilishiga javob bermasa, G‘azoda sulh e’lon qilishga va’da bergan.

Foto: Anadolu Agency

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning aytishicha, Tehron o‘z mamlakatiga qarshi har qanday hujumga javob beradi, biroq Isroil mintaqadagi tajovuzini to‘xtatib, sulhga rozi bo‘lsa, bu javobning xarakteri va ko‘lami o‘zgarishi mumkin.

Tehrondagi vazirlar mahkamasi yig‘ilishida so‘zlagan Pezeshkiyon Isroil tomonidan tajovuz kuchayib borayotganiga urg‘u berdi. Uning eslatishicha, AQSh va Yevropa yetakchilari, agar Eron Tehronda Falastinning Hamas harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaga suiqasd uyushtirilganiga javob qaytarmasa, G‘azoda sulh e’lon qilishga va’da bergan edi.

«Aynan sionistik rejim hukumatimizning birinchi kunidayoq Haniyaga suiqasd uyushtirib, urush qo‘zg‘atmoqchi bo‘ldi. Biz sulh o‘rnatish, begunoh ayollar va bolalarni o‘ldirishni to‘xtatish umidida ba’zi davlatlarning maslahati bilan vazminlik ko‘rsatgan bo‘lsak-da, Isroil o‘z jinoyatlarini yanada kuchaytirdi», — dedi u.

Mavzuga oid