OAV: Ukraina birinchi marta Kaspiy dengizidagi RF kemalarini nishonga oldi
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Kaspiy dengizida Rossiya bazasidagi kamida ikkita nishonga zarba berdi, deya xabar qilmoqda Ukraina OAV razvedka manbalariga tayanib. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, gap harbiy kemalar haqida ketyapti.
Ukraina birinchi marta Kaspiy dengizida Rossiya harbiy-dengiz floti kemalariga zarba berishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Ukraina OAV mamlakat razvedka xizmatlaridagi manbalarga tayanib. Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi («GUR»)ning innovatsion maxsus operatsiyasi natijasida Ukraina dronlari Kaspiy flotiliyasi dengiz bazasiga zarba berdi, deb xabar qildi 6 noyabr, chorshanba kuni «Ukrainska pravda» maxsus xizmatlardagi suhbatdoshiga tayanib.
Kemalar chegaradan 1500 km uzoqlikda urilgan
Nashr ta’kidlaganidek, Ukraina-Rossiya chegarasidan nishongacha bo‘lgan masofa 1500 km atrofida. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bu Kaspiy dengizida Rossiya harbiy kemalariga birinchi muvaffaqiyatli hujumdir.
«Suspіlne» ma’lumotlariga ko‘ra, hujum natijasida Kaspiysk shahridagi kamida ikkita obekt zarar ko‘rgan. «Aftidan, gap «Tatarstan» va «Dagestan» raketa kemalari haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin», — deya iqtibos keltiradi telekanal razvedkadagi suhbatdoshidan. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, «21631-loyihasining kichik raketa kemalari» ham zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Boshqa OAV ham xuddi shunday ma’lumotlarni e’lon qilgan.
Shu kuni ertalab Dog‘iston rahbari Sergey Melikov Kaspiyskka dron bilan hujum qilinganini ma’lum qilgan edi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari «Kaspiysk uzra uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qildi», deb yozdi u Telegramʼda. U tergov o‘tkazilishiga asoslanib, qo‘shimcha ma’lumot bermadi.
Mavzuga oid
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024
Zalujniy: «Xush kelibsan, uchinchi jahon urushi»
16:43 / 21.11.2024
Rossiya Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa bilan hujum qildi - UHK
15:39 / 21.11.2024