Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 15 ta sun’iy yo‘ldoshga ega tijoriy raketani uchirdi
Sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga olib chiqqan «Litszyan-1» tashuvchi raketasining uzunligi 30 metrni, uchish massasi esa 135 tonnani tashkil etadi.
Foto: Xinhua
Xitoy 15 ta sun’iy yo‘ldosh ortilgan tijoriy raketani uchirdi, deb xabar beradi XXR markaziy televideniyesi.
Qayd etilishicha, «Litszyan-1 Y5» tashuvchi raketasi mahalliy vaqt bilan soat 12:03 da Xitoy shimoli-g‘arbidagi Dunfen tijoriy aerokosmik innovatsiya zonasidan start olgan.
Orbitaga jami 15 ta sun’iy yo‘ldosh, jumladan, «Tszilin-1 Gaofen», «Yunyao-1», «Siguan-1» seriyalaridagi apparatlar, shuningdek, O‘mon uchun mo‘ljallangan masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshi olib chiqilgan.
«Litszyan-1» tashuvchi raketasining uzunligi 30 metrni, uchish massasi esa 135 tonnani tashkil etadi. U 1,5 tonnagacha bo‘lgan foydali yukni 500 kilometr balandlikdagi orbitaga yoki 2 tonnali yukni Yer atrofidagi orbitaga olib chiqishga qodir.
Avvalroq Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakat meteorologiya boshqarmasi nosozlik sababini bilmasligini va u qachon bartaraf etilishini ayta olmasligini ma’lum qilgan.
Undan oldin esa Yevropa, Afrika va Osiyoning bir qismi uchun keng polosali aloqani, jumladan, internet hamda telefon aloqasini ta’minlab kelgan Boeing sun’iy yo‘ldoshi kosmosda parchalanib ketgandi.
Mavzuga oid
21:52 / 11.05.2025
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
15:01 / 05.05.2025
«CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichidan fotoreportaj
07:50 / 29.04.2025
Amazon orbitaga Starlink uchun raqobatchi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi
18:36 / 10.04.2025