Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi daryoda dunyodagi birinchi qutqaruvchi robot patrullik qilishni boshladi
Robot sun’iy idrok asosida ishlaydi, u inson aralashuvisiz kecha-yu kunduz navbatchilik qilishi mumkin.
Xitoylik olimlar sun’iy idrok asosida avtonom ishlay oladigan birinchi qutqaruvchi robotni yaratdi. Apparat Loyana shahridagi Loxe daryosida sinovdan o‘tkazildi, shundan so‘ng doimiy patrullikni boshladi, deb xabar bermoqda South China Morning Post
Robot katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlay oladigan sun’iy idrok tizimi tomonidan boshqariladi. Bundan tashqari, u insonning nazoratisiz kecha-yu kunduz ishlash imkonini beruvchi navigatsiya va kuzatuv texnologiyalari bilan jihozlangan.
Xitoy ilmiy akademiyasi vakillari aytishicha, qurilma vaziyatni tahlil qilib, insonning nima sababdan suvga tushganini va unga yordam kerak yoki yo‘qligini aniqlash imkoniyatiga ega. Robotning qutqaruv jihozlari maxsus qalqima va manipulyator-qo‘ldan iborat. Ular yordamida apparat mustaqil ravishda bortga ilasha olmagan jabrlanuvchini suvdan chiqarib olishi mumkin.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, odam cho‘kayotganda ovoz chiqarmasligi mumkin, qutqarish uchun hal qiluvchi vaqt esa taxminan besh daqiqani tashkil etadi. Voqea joyiga odamlardan tezroq yetib bora oladigan patrul robot hayotni saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Avval AQShning Texas shtatida maxsus xizmatlar roboti politsiyaga bo‘ysunmagan erkakni qalampirli gaz bilan kiberzararsizlantirib, uni qo‘lga olishga yordam bergandi.
Mavzuga oid
22:14 / 13.05.2025
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
10:37 / 20.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi
11:24 / 07.04.2025