Jahon | 22:22 / 16.11.2024
4243
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda imtihondan o‘ta olmagan talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi

U pichoq bilan odamlarga tashlanib, 8 kishini o‘ldirdi, 17 nafariga jarohat yetkazdi.

Isin shahri Foto: Getty Images

Xitoy sharqidagi Isin shahri universiteti kampusiga uyushtirilgan hujumda 8 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi CNN mahalliy politsiya bayonotiga tayanib.

Hujum qilgan sobiq talaba bo‘lib, yaqinda imtihondan o‘ta olmagani ta’kidlanmoqda. Politsiya uni hibsga olgan.

Bu Xitoyda so‘nggi oylardagi birinchi pichoqli hujum emas. Oktyabr oyida 50 yoshli erkak Pekindagi boshlang‘ich maktab yaqinida xuddi shunday hujumni amalga oshirib, 5 kishini, jumladan, uch bolani yaralagan edi. Sentyabr oyida pichoq bilan qurollangan shaxs Shanxay chekkasidagi supermarketda xaridorlarga hujum qilib, uch kishini o‘ldirgan va 15 kishini jarohatlagan edi.

Mavzuga oid