Fan-texnika | 16:43
1207
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Raketa har xil turdagi jangovar kallaklarni 1500 km masofaga yetkazishga qodir.

Foto: Videodan kadr

Hindiston o‘zining birinchi uzoq masofali gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Raketa Odisha sohilidagi oroldan uchirildi, bu haqda Hindiston mudofaa vaziri Rajnat Singx xabar berdi.

«Bu tarixiy lahza va bu muhim yutuq mamlakatimizni shunday muhim va ilg‘or harbiy texnologiyalarga ega bo‘lgan tanlangan davlatlar qatoriga kiritdi», deb yozdi Singx ijtimoiy tarmoqda.

Raketa Hindistonning Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti (DRDO) tomonidan ishlab chiqilgan va har xil turdagi jangovar kallaklarni 1500 km masofaga yetkazishga qodir.

Gipertovushli raketa tovush tezligidan kamida besh baravar tez ucha oladigan raketadir. Gipertovushli raketa atmosferaning zich qatlamlarida shunday tezlikda manyovr qilish va bu tezlikni butun parvoz davomida ushlab turish qobiliyati bilan ham ajralib turadi.

AQSh va Xitoy ham gipertovushli qurollarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga oid