Jamiyat | 17:26 / 21.11.2024
2813
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi

Poytaxtning beshta tumani hududida issiqlik ta’minoti qisman o‘chiriladi. Quvurdagi muammoni bartaraf etish maqsadida tezkor avariyaviy-tiklov ishlari olib borilmoqda.

Foto: Veolia Energy Tashkent

Toshkent shahar issiqlik ta’minoti operatori Veolia Energy Tashkent poytaxtdagi isitish quvurida avariya yuz berganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, isitish quvurida avariya holati yuzaga kelgani sababli (issiq suv ta’minotini cheklamagan holda) issiqlik ta’minoti quyidagi manzillarda vaqtinchalik to‘xtatildi:

  • Mirobod tumani — Nukus, Taras Shevchenko, Oybek, Gospital, Amir Temur, Shahrisabz, Buxoro, Sodiq Azimov, Said Baraka ko‘chalari;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani — Ts-1, Ts-2 massivlari;
  • Yunusobod tumani — massiv Ts-2 va Yahyo G‘ulomov ko‘chasi;
  • Yakkasaroy tumani — Nukus va Kichik Beshyog‘och ko‘chalari;
  • Yashnobod tumani — Sodiq Azimov, Istiqlol, Istiqbol, To‘ytepa, Maxtumquli, Elbek ko‘chalari.

«Quvurdagi muammoni bartaraf etish maqsadida tezkor avariyaviy-tiklov ishlari olib borilmoqda. Veolia Energy Tashkent MChJ kompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid