3,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
Fermer xo‘jaligi mas’ullari 100 kVAli transformator punktini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulagan.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida shartnomasiz tarmoqqa ulangan fermer xo‘jaligi 3,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, “J.D.S.Y.” fermer xo‘jaligi mas’ullari 100 kVAli transformator punktini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulagan.
Qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 3 mlrd 764 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

08:40
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

11:55 / 28.04.2025
Elektr va gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

11:56 / 16.04.2025