Azizov Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
DXX raisi lavozimidan haydalgani aytilgan Abdusalom Azizov Xavfsizlik kengashiga ishga o‘tkazilgani haqida tarmoqlarda tarqalgan ma’lumot hech bir rasmiy idora tomonidan tasdiqlanmadi. Eslatib o‘tamiz, Azizovning ishdan olinishi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruvlar bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

Foto: Tribuna.uz
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan olingan general-leytenant Abdusalom Azizov faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum emas.
Tarmoqlarda Azizov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga ishga o‘tkazilgani haqidagi xabarni hech bir rasmiy idora tasdiqlamadi.
Eslatib o‘tamiz, Azizovning ishdan bo‘shatilishi Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruvlar bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Avvalroq mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

19:43 / 21.01.2025
Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi

19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi

15:44 / 24.11.2024
Abdusalom Azizov DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi

19:15 / 23.11.2024