Abdusalom Azizov DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning bayonotidan anglashiladiki, Azizov lavozimidan olinib, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga emas, balki uning kotibiyatiga zaxiraga olingan. Sobiq DXX raisiga boshqa ish (lavozim) berilmadi.

Foto: Tribuna.uz
O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov ishdan bo‘shatilganini tasdiqladi.
“Abdusalom Abdumavlonovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o‘tkazildi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, prezidentning alohida farmonlari bilan, mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisi lavozimiga o‘tkazilgan. Mudofaa vaziri lavozimiga esa Shuhrat Xolmuhammedov tayinlangan. U bungacha mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bayonotda Azizovning ishdan olinishi sababiga aniqlik kiritilmagan. Eslatib o‘tamiz, bu – Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd doirasida o‘tkazilayotgan tekshiruvlar bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
64 yoshli Abdusalom Azizov 2019 yil 14 yanvar kuni general-leytenant harbiy unvonini olgan, bir oy o‘tib Ixtiyor Abdullayev o‘rniga DXX raisi etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid

19:09 / 14.05.2025
Davlat xavfsizlik xizmatining koll-markazi ishga tushirildi

13:15 / 12.05.2025
Fuqarolarni AQShga noqonuniy yo‘llar bilan yuborishga uringan shaxslar ushlandi

07:40 / 06.05.2025
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

09:36 / 01.05.2025