Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
Rossiya Tramp inauguratsiyasi oldidan o‘z chegarasi ustidan nazoratni tiklamoqchi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z harbiylariga AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi kuni, 20 yanvargacha Ukraina mudofaa kuchlarini Kursk oblastidan siqib chiqarishni buyurdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada ma’lum qildi, deb yozdi «Suspilne».
«Putin uchun eng muhimi, bizni Kursk oblastidan quvib chiqarish va bularning barchasi, yangi raketalar bilan namoyishkorona hujumlar — bular bejiz emas. U shunday vazifani qo‘ydi. Ishonchim komil, u bizni kelasi yilning 20 yanvariga qadar quvib chiqarmoqchi. Unga o‘zini vaziyatni nazorat qilayotgandek ko‘rsatish juda muhim, aslida nazorat qilmayapti», dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidentining ishonch bildirishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk operatsiyasi Putin Rossiya hududlarini himoya qila olmasligini ko‘rsatgan. Chunki Rossiya armiyasining barcha kuchlari Ukrainaning bosib olingan hududlariga tashlangan.
«Bizda shunday ma’lumot bor - Putin «maxsus harbiy operatsiya»ning taqdiri Kursk operatsiyasiga bog‘liqligini qo‘mondonlik orqali askarlariga yetkazgan», dedi Zelenskiy.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025