Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
Toshkent aeroportida ilk bor eshitish qobiliyati cheklangan sakkiz nafar fuqaro yuk aravachasi operatori sifatida ish boshladi.
Uzbekistan Airports kompaniyasi o‘zining ijtimoiy siyosati doirasida ilk bor sakkiz nafar eshitishida nogironligi bor kishini ish bilan ta’minladi. Ular «Toshkent» aeroportida faoliyat yurituvchi Uzbekistan Airports Handling ekspeditorlik kompaniyasining aeroport terminali xizmatiga yuk aravachasi operatori sifatida ishga qabul qilindi.
Aeroportda O‘zbekiston karlar jamiyati rahbari Go‘zal Shodiyeva va Aviatsiya ishchilari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Ulug‘bek Nazirov ishtirokida yangi xodimlarni ishga qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ularga kasaba uyushma a’zosi guvohnomalari topshirildi.

O‘zbekiston aeroportlari va Karlar jamiyati vakillari frontlayn personallarni (yo‘lovchilar bilan bevosita ishlovchi xodimlar), jumladan, yo‘lovchi tashish xizmati xodimlari va axborotni qo‘llab-quvvatlash agentlarini imo-ishora tiliga o‘qitishga kelishib oldi.
Avvalroq Toshkent xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlar o‘rnatilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025