Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Qo‘shma Shtatlar Dengiz piyodalari korpusining raketa bo‘linmasi «Tayvandagi kutilmagan vaziyat» sabab Nansey orollaridagi bazalarda vaqtincha faoliyat olib boradi.
AQSh «Tayvandagi kutilmagan vaziyat»ga tayyor turish uchun Yaponiyaning Nansey orollari va Filippinda vaqtinchalik harbiy bazalar yaratib, u yerga raketa bo‘linmalarini joylashtiradi. Bu haqda Yaponiyaning Kyodo agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu choralar AQSh hamda Yaponiya o‘rtasidagi birinchi qo‘shma operatsiya rejasiga kiritiladi. Mazkur reja dekabr oyida ishlab chiqilishi kerak.
Nansey orollar zanjiri yoki Janubi-g‘arbiy orollar Yaponiyaning Kagosima va Okinava prefekturalarining Tayvan tomonida joylashgan. Agentlik manbalariga ko‘ra, orollardagi bazalarga joylashtirilishi rejalashtirilayotgan AQSh Dengiz piyodalari korpusi ixtiyorida HIMARS yalpi o‘t ochish tizimlari ham bo‘ladi.
Yaponiya mudofaa kuchlari asosan Amerika bo‘linmalarining moddiy-texnik, jumladan, yonilg‘i va o‘q-dorilar ta’minoti bilan shug‘ullanishi kutilmoqda.
AQSh Qurolli kuchlari Filippinga esa ko‘p maqsadli tezkor guruhini joylashtiradi. Bunday bo‘linmalar turli — havo, yerda, suvda, kosmik va axborot makonlarida harakat qilishga mo‘ljallangan.
2023 yil fevralda AQSh va Filippin mamlakatdagi Qo‘shma Shtatlar Qurolli kuchlari foydalanadigan harbiy bazalar sonini beshtadan to‘qqiztagacha oshirish bo‘yicha bitim imzolagan edi. «Ushbu harbiy bazalar Tayvanda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda faollashadi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025