Toshkent-Xanchjou yo‘nalishida yangi havo qatnovi ochildi
Xanchjou xalqaro aeroportida (Chjetszyan provinsiyasi) Uzbekistan Airways AJning "Toshkent-Xanchjou" yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysini tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonning Shanhaydagi Bosh konsulxonasi vakillari, Uzbekistan Airways AJning Pekindagi vakolatxonasi mas’ul xodimlari, ushbu provinsiya Xalq hukumati tashqi ishlar boshqarmasi, Xanchjou xalqaro aeroporti ma’muriyati rahbariyati va vatandoshlar ishtirok etdi.
Yangi reys haftada bir marta, har yakshanba kuni Toshkentdan soat 12:40 da uchadi va Xanchjouga soat 22:00 da yetib keladi. Xanchjoudan qaytish reysi soat 23:30 da uchadi va soat 04:10 da Toshkentga qo‘nadi.
Partiya qo‘mitasi a’zosi, Xalq hukumati tashqi ishlar boshqarmasi direktori o‘rinbosari va Chjetszyan provinsiyasi xorijiy davlatlar bilan do‘stlik assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Sin Xuydunning aytishicha, O‘zbekiston Chjetszyan provinsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan birinchi davlatlardan biri hisoblanadi.
Xanchjou xalqaro aeroporti Sharqiy Xitoyda 2-o‘rinda, mamlakatdagi eng yaxshi 10 ta aeroportdan biri va dunyodagi eng yirik 100 ta aeroport qatorida qayd etiladi. Ushbu aeroport 2019 yilda dunyodagi eng gavjum aeroportlardan bir sifatida e’tirof etilgan. 2024 yil oxirida yo‘lovchi tashish hajmi 48 million kishidan oshishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:33
Toshkentning 86 ta nuqtasida pulli avtoturargoh tashkil etish huquqi 120 mlrd so‘mga sotildi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024