Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy ikkita sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi
«Gaotszin» seriyasiga kiruvchi sun’iy yo‘ldoshlar fuqarolik va tijoriy maqsadlar uchun yuqori sifatli optik tasvirlarini taqdim etishga mo‘ljallangan.
Foto: Sinxua
Xitoy Yerni masofadan zondlashga mo‘ljallangan «Gaotszin» seriyasiga kiruvchi bir juft sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli uchirdi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.
Qayd etilishicha, har ikkala sun’iy yo‘ldosh mamlakat shimoli-g‘arbidagi Tszyutsyuan kosmodromidan «Chanchjyen-2C» tashuvchi raketasi yordamida uchirilgan. Startdan keyin sun’iy yo‘ldoshlar belgilangan orbitaga muvaffaqiyatli yetib borgan.
«Gaotszin» seriyasiga kiruvchi sun’iy yo‘ldoshlar Siwei Surveying and Mapping Technology Co kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, ular fuqarolik va tijoriy maqsadlar uchun yuqori sifatli optik sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini taqdim etishga mo‘ljallangan.
«Gaotszin» sun’iy yo‘ldoshlarining dastlabki guruhi 2016 va 2018 yillarda, uchinchi guruhi esa joriy yilning 15 aprelida uchirilgan edi.
Xitoy quyosh-sinxron orbitasida ishlaydigan «Gaotszin» seriyasiga kiruvchi jami 28 ta sun’iy yo‘ldoshdan iborat guruhni yaratishni rejalashtirgan.
Avvalroq Xitoy 15 ta sun’iy yo‘ldosh ortilgan tijoriy raketani uchirgandi. Orbitaga «Tszilin-1 Gaofen», «Yunyao-1», «Siguan-1» seriyalaridagi apparatlar, shuningdek, O‘mon uchun mo‘ljallangan masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshi olib chiqilgan.
Mavzuga oid
21:52 / 11.05.2025
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
15:01 / 05.05.2025
«CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichidan fotoreportaj
07:50 / 29.04.2025
Amazon orbitaga Starlink uchun raqobatchi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi
18:36 / 10.04.2025