Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi ayrim avtobuslar harakati yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi
Toshkent shahri, Mirobod tumani T.Shevchenko ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Said Baraka ko‘chasigacha bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi va 27 noyabrdan 25 dekabrgacha yopiladi.
Toshkent shahridagi ayrim avtobuslar harakat yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Toshkent shahri, Mirobod tumani T.Shevchenko ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Said Baraka ko‘chasigacha bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi va 27 noyabrdan 25 dekabrgacha yopiladi. Shu tufayli, ayrim avtobuslar harakat yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi:
- 16-, 26-, 37-, 80-sonli avtobuslar harakat yo‘nalishi Nukus, Amir Temur, Fidokor ko‘chalariga o‘zgartiriladi;
- 22-, 55-sonli avtobuslar harakat yo‘nalishi Nukus, Oybek, Shaxrisabz ko‘chalariga o‘zgartiriladi.
Ta’kidlanishicha, harakat yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritilishi sababli, qatnov vaqti va avtobuslarning oraliq vaqtlari me’yordan ortib ketishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025