4 mlrd so‘mlik qum-shag‘al aralashmasini qazib olish holati aniqlandi
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 4,1 mlrd so‘mlik qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilishicha, “F.X.” MChJ mas’ul shaxslari geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish uchun “Quvasoy-1” qum-shag‘al koni hududidan ajratilgan yer maydonidan 18 344 kub metr qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olgan.
Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 4,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:30 / 03.04.2025
Bo‘stonliqda qum-shag‘al qazib olinishi tufayli tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetdi

11:57 / 21.03.2025
Samarqandda qum-shag‘al noqonuniy qazib olinishi oqibatida 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

15:13 / 03.03.2025
Quvasoyda daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgan, zarar 2 mlrd so‘m atrofida – Ekovazirlik

15:39 / 24.02.2025