Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqda qum-shag‘alni noqonuniy qazish oqibatida 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan reyd davomida Oqsoq ota soyi qirg‘og‘ida MAN yuk mashinasi egalari ekskavator yordamida qum-shag‘al aralashmasini maxsus ruxsatnomasiz qazib olayotgani aniqlandi.
Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya vazirligi xabar berishicha, natijada qonunlar talablari buzilgan hamda tabiatga 4 mlrd 504 mln 378 ming 636 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB YPX xodimi yordamida 1 dona yuk mashinasi vaqtinchalik saqlab turish uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
To‘plangan hujjatlar esa Bo‘stonliq tuman prokuraturasiga yuborildi.
Mavzuga oid
10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi
23:32 / 28.04.2025
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi
17:31 / 11.04.2025
Bo‘stonliqda ikki yoshli bola jarlikka tushib ketdi
11:30 / 03.04.2025