Toshkent viloyatida o‘z uyida pirotexnika vositalarini saqlab kelgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyatida “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” tezkor profilaktik tadbir o‘tkazilmoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati
Viloyat IIBB ma’lum qilishicha, pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olinishi yuzasidan nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan Istiqlol mahallasida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro (Z.U.) xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonida 536 dona turli hajm va ko‘rinishdagi pirotexnika vositalarini sotish maqsadida saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

07:40 / 06.05.2025