Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi “- Soliq qo‘mitasi
Soliq qo‘mitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasini bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.
Shu munosabat bilan, 2024 yil 30 noyabr soat 00:00 dan 2 dekabr soat 06:00 ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.
Xususan:
- Munis va onlayn to‘lov tizimlari orqali soliq to‘lovlari;
- fuqarolarning ShJBP fondiga to‘lovlar;
- quyoshli xonadon;
- deklaratsiya yuborish;
- korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
- elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.
«Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oxirlarida ham Soliq qo‘mitasi katta hajmdagi ma’lumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinayotgani sabab besh kunga onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklagandi.
Mavzuga oid
11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
20:09 / 01.04.2025
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi
19:00 / 17.03.2025