Jahon | 11:04 / 30.11.2024
1872
3 daqiqa o‘qiladi

RF vazirligi: Armiyadan «bron»ning yangi qoidalari IT-firmalarga ham ta’sir qiladi

2025 yilning 21 martidan keyin «bron»ni yangi shartlarda olish mumkin bo‘ladi, bu IT-kompaniyalarga ham tegishli, deya tasdiqladi Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi.

Foto: Alexander Nemenov/AFP/Getty Images

2025 yil 21 martdan harbiy xizmatni o‘tashni kechiktirish bo‘yicha «bron»ni olishning yangi qoidalari kuchga kiradi – ular IT-kompaniyalariga ham tegishli bo‘ladi. Buni 29 noyabr, juma kuni Telegramʼda Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi tasdiqladi. «Shu sanadan keyin yangi shartlar bo‘yicha bron olish mumkin bo‘ladi», deya ma’lum qildi vazirlik va tafsilotlar dekabr oyida ma’lum bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

O‘zgartirishlar tashkilotlar «iqtisodning barqaror ishlashini ta’minlovchi» deb e’tirof etilgan va xodimlar uchun «bron» olish huquqiga ega bo‘lgan qoidalarga ta’sir qiladi, deya qo‘shimcha qilindi.

OAV: Ro‘yxatga Rossiya Markaziy banki, Rosatom va Roskosmos kiritiladi

«Shkola prizyvnika» avvalroq yozganidek, «bron» huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati o‘zgarmoqda. Shunday qilib, «urush davrida aholi hayotini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar», shuningdek, «fuqarolarni harbiy mutaxassisliklarga o‘qitish bo‘yicha ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar» undan chiqariladi.

Ro‘yxatga Rossiya Markaziy banki, Rosatom va Roskosmos, shuningdek, davlat mudofaa buyurtmalarini yetkazib beruvchilar qo‘shildi.

Qoidalar iyunda o‘zgarishi mumkin edi

Nashrning yozishicha, Rossiya hukumati qoidalarni iyun oyida maxfiy ravishda o‘zgartirgan, biroq o‘zgartirishlar jamoatchilikka e’lon qilinmagan.

2024 yil sentabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmonni imzolagan edi, unga ko‘ra Rossiya Qurolli kuchlari shtatlari soni 180 ming kishiga — 2 million 389 ming 130 kishigacha oshirilishi kerak. Ularning 1,5 millioni harbiy xizmatchilardir.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri Putin 2022 yil avgust va 2023 yil dekabr oylarida Qurolli kuchlar shtat birligini oshirdi. Birinchi marta harbiy xizmatchilar soni 137 mingga, ikkinchisida esa 170 mingga oshirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish