Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish qoidalarini kuchaytiradi
Yevropa Komissiyasi hozir a’zo davlatlar bilan yangi qoidalarga bo‘lgan talablarini o‘rganish uchun maslahatlashmoqda.
Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, jumladan Polsha, Italiya va Daniyaning chaqiriqlariga javoban a’zo davlatlardan migrantlarni deportatsiya qilish bo‘yicha yangi qoidalarni tayyorlamoqda, deb yozdi Politico.
Yangi qoidalar fevral oyida Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakolatxonalarga yuborilishi mumkin.
Nashr yozganidek, Yevropa Komissiyasi hozir a’zo davlatlar bilan yangi qoidalarga bo‘lgan talablarini o‘rganish uchun maslahatlashmoqda. Boshqa narsalar qatorida, mamlakatlarga endi Yevropa Ittifoqida qolish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish erkinligini cheklashga ruxsat berish rejalashtirilgan.
Yevropa Komissiyasi faoliyatining yana bir yo‘nalishi migrantlarni uchinchi mamlakatlardagi qaytish markazlariga (ular kelgan yoki uzoq vaqt ishlagan manzillar) jo‘natishdir. Shunga o‘xshash kelishuv, masalan, Albaniya va Italiya o‘rtasida amal qiladi: Rim har yili 36 minggacha migrantni boshpana so‘rash arizasi ko‘rib chiqilayotgan paytda Albaniya markazlariga yuborishi mumkin. Avvallari bu variant YeI uchun muammoli bo‘lib tuyulgan, ammo hozir muhokamalar davomida eng ommabop bo‘lmoqda.
Oktyabr oyida Polsha immigratsiya qonunlarini kuchaytirib, Polsha chegarasini Belarusdan kesib o‘tganlarga boshpana berishni to‘xtatdi. Bundan biroz oldin Germaniya qo‘shni davlatlar bilan chegara nazoratini joriy qildi va boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari - Fransiya, Daniya, Shvetsiya, Avstriya, Italiya va Sloveniya ham bunga qisman ergashdi. Bu qarorlar saylovchilarning migrantlar oqimidan noroziligi va Yevropada o‘ta o‘ng siyosiy kuchlarning ommalashib borayotgani fonida qabul qilingan.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
15:45 / 27.05.2025