Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda somsaxonada yong‘in sodir bo‘ldi
Poytaxt FVB Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 9 dekabr kuni soat 20:03 da Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasida joylashgan somsaxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:07 da yetib borib, yong‘in soat 20:20 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
«Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan restoran dudbo‘ronida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Undan oldin Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
11:16 / 24.05.2025