Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF Ukrainaga Il-76 qulashida halok bo‘lganlar jasadini topshirdi
Kiyev Il-76 qulashida halok bo‘lgan ukrainalik asirlarning jasadi Moskva tomonidan topshirilganini tasdiqladi, biroq qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish zarurligini bildirdi.
Moskva 2024 yil yanvarida Belgorod oblastida Il-76 samolyoti qulashida halok bo‘lgan ukrainalik harbiy asirlarning jasadini Kiyevga topshirdi. Bu haqda 9 dekabr, dushanba kuni chop etilgan RIA "Novosti" agentligiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasining inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova ma’lum qildi.
«Ular topshirildi, bu sodir bo‘ldi va men ishtirok etdim», dedi Moskalkova. U jasadlar aynan qachon topshirilganiga aniqlik kiritmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasida halok bo‘lganlarning jasadlarini almashish davom etmoqda va asosiy gumanitar mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ukraina tomonining izohi
Ukraina harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab Rossiya jasadlarni topshirganini tasdiqladi, biroq qo‘shimcha tekshirish zarurligini bildirdi.
«Ukrainaga so‘nggi repatriatsiya tadbirlari davomida qurbonlarning jasadi tajovuzkor davlatdan olib kelingan, bu shaxsni qo‘shimcha aniqlashni talab qiladi», — deyiladi Muvofiqlashtirish shtabining Telegram-kanalida.
«So‘nggi paytlarda bir qator repatriatsiya tadbirlari o‘tkazildi, ular davomida halok bo‘lganlarning jasad qoldiqlari Ukrainaga topshirildi», — deb yozdi Ukraina ombudsmani Dmitriy Lubinets ijtimoiy tarmoqlarda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025