O‘zbekiston mahsulotlarini Qozog‘iston portlari orqali tashish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston bosh konsuli Jamoliddin Abdukarimov Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi "Quriq port" bosh direktori Serik Axmetov bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
Port rahbari bandargohning ayni paytdagi holati, infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish uchun xalqaro hamkorlar bilan olib borilayotgan ishlar xususida so‘zlab berdi.
"Quriq port"ni kelgusida rivojlantirish uchun bir qator infratuzilma loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan, shu jumladan portda "Sarja" ko‘p funksiyali dengiz terminali qurilishi yakunlanmoqda. Ushbu transport-logistika markazi loyihasi don va ko‘p funksiyali terminallar va umumiy yuk terminallari qurilishini o‘z ichiga oladi. Bu portning yuk o‘tkazuvchanlik imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi", dedi u.
Qozog‘iston tomoni o‘zbekistonlik eksportchilar murojaatlarini qabul qilish va ular bilan yaqindan ishlashga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025