Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya internet kompaniyalarni mahalliy OAV kontenti uchun pul to‘lashga majbur qiladi
Meta va Google kabi yirik texnologik kompaniyalar o‘z platformalariga Avstraliya yangiliklarini joylashtirgani uchun mamlakat g‘aznasiga pul to‘lashini ta’minlaydigan qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Avstraliya hukumati yirik texnologik kompaniyalar, jumladan, Meta va Google o‘z platformalariga milliy yangiliklar kontentini joylashtirgani uchun pul to‘lashini xohlamoqda. Bu boradagi tegishli qonun loyihasini 12 dekabr kuni moliyaviy servislar vaziri Stiven Jons va kommunikatsiya vaziri Mishel Roulend taqdim etdi.
Hujjatga ko‘ra, Avstraliyada daromadi 160 million dollardan oshadigan ijtimoiy tarmoqlar va qidiruv tizimlari davlat g‘aznasiga soliq to‘laydi. Buning evaziga ular o‘zlarining platformasiga Avstraliya OAVning yangiliklar kontentlarini joylashtirishi mumkin bo‘ladi.
Soliq miqdori hozircha belgilanmagan. Kompaniyalar OAV bilan tijoriy bitim imzolasa va kontent uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul to‘lasa, soliqdan ozod etilishi mumkin.
Yangi tashabbus 2021 yilda qabul qilingan Avstraliya OAVning yangiliklar kontentidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunini takomillashtiradi. Kommunikatsiya vaziri Mishel Roulendning ta’kidlashicha, 2021 yilgi qonun ham texnologik kompaniyalarga yangiliklar uchun pul to‘lash majburiyatini yuklagan, ammo platformalar Avstraliya yangiliklarini e’lon qilmasdan, uni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilingan edi. Qonunga ko‘ra, TikTok, Facebook, Snapchat, Reddit, X va Instagram kabi yirik ijtimoiy tarmoqlar 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkaunt yaratishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Mavzuga oid
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
20:58 / 02.05.2025
O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinda qoldi
10:05 / 02.05.2025
RSF yangi reytingi: OAV erkinligi tarixiy past darajaga yetdi
12:24 / 30.04.2025