Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki hududda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Taxtako‘pir va Mo‘ynoq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar D.E. va A.A. o‘zlarining yashash xonadonlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlandi.
Natijada jami 246,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, departamentning Ishtixon va Urgut tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro N.I. va “Q.M.” xususiy korxonasi rahbari M.S. suv nasosi va boshqa elektr jihozlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulagan.
Oqibatda 113,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
21:06 / 22.05.2025