Jahon | 13:07 / 12.12.2024
1715
2 daqiqa o‘qiladi

Makron Tusk bilan Ukrainaga urushdan keyin tinchlikparvarlarni yuborishni muhokama qiladi

Fransiya Rossiya va Ukraina o‘rtasida qurolsizlantirilgan hududni yaratishni nazarda tutuvchi «Koreya» ssenariysini ko‘rib chiqishi mumkin.

Foto: Getty Images

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 12 dekabr kuni Varshavada Polsha bosh vaziri Donald Tusk bilan Ukrainada urushdan keyin tinchlikparvar missiyalarni joylashtirish ehtimoli masalasini muhokama qiladi, deb yozadi 11 dekabr, chorshanba kuni Rzeczpospolita va Politico manbalarga tayanib.

Makron AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida unga Yevropa Ukrainadagi urush bo‘yicha muzokaralar jarayonida faolroq ishtirok etishga tayyorligini aytdi, deb xabar berdi NATO bosh kotibi sobiq yordamchisi, Yyens Stoltenberg qo‘l ostida 2022 yilgacha ishlagan Kamil Grand Rzeczpospolita'ga. Uning fikricha, Rossiya va Ukraina o‘rtasida qurolsizlantirilgan hududni yaratishni nazarda tutuvchi «Koreya» ssenariysi harbiy harakatlar muzlatilgan taqdirda Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishning eng real variantidir.

Fransiya taklifining mazmuni tinchlikparvarlik missiyasi bo‘lib, Kreml ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish va belgilangan demarkatsiya chizig‘ini buzmasligini kafolatlaydi, deb yozadi gazeta. Nashrning yozishicha, bunday missiya beshta brigadadan (taxminan 40 ming askar) iborat bo‘lishi va Polsha ulardan biriga qo‘mondonlik qilishi mumkin.

Axios: Tramp Zelenskiy bilan Parijda uchrashishni istamagan

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Parijda uchrashishni istamagan va faqat Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning shoshilinch ko‘ndirishidan so‘ng uchrashuvga rozi bo‘ldi, deb xabar berdi Axios axborot resursi 8 dekabr kuni manbalarga tayanib.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Makron bir necha kun davomida Trampni Zelenskiy bilan uchrashishga ko‘ndirishga uringan. Uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish qarori so‘nggi daqiqada qabul qilindi. Axios manbalaridan biri uchrashuv 45 daqiqa davom etgani va «yaxshi va samarali» bo‘lganini da’vo qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid