Havoning ifloslanishi odamlarda depressiyani oshiradi - tadqiqot
Oltingugurt dioksidi depressiya xavfini oshiruvchi asosiy omil bo‘lib chiqdi. Havodagi qattiq mikrozarralar va uglerod monooksidi ham kasallik belgilarining kuchayishiga olib keladi.

Foto: Getty Images
Butun dunyoda millionlab odamlar xavfsizlik talablariga javob bermaydigan havodan nafas oladi. Harbin tibbiyot universiteti va Krenfild universiteti olimlari jamoasi ifloslantiruvchi moddalarning uzoq muddatli ta’siri bilan depressiya xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi. Bu haqda Phys xabar bermoqda.
Jamoa Xitoyning salomatlik va pensiyaga chiqish bo‘yicha uzoq muddatli tadqiqotida qatnashgan 12 000 dan ortiq ishtirokchining ma’lumotlarini tahlil qildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, oltingugurt dioksidi (SO₂) depressiya xavfini oshiruvchi asosiy omil bo‘lib chiqdi. Havodagi qattiq mikrozarralar (PM2,5) va uglerod monooksidi (CO) ham kasallik belgilarining kuchayishiga olib keladi. Bu moddalarning birgalikdagi ta’siri natijasida ularning salbiy oqibatlari yanada ortadi. Demak, atrof-muhitning kompleks ifloslanishi jiddiy xavf tug‘diradi.
Mualliflar, shuningdek, ifloslangan havo depressiv holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mexanizmlarni ham aniqladi. Kognitiv buzilishlar va jismoniy holatning yomonlashuvi bu bog‘liqlikni qisman tushuntiradi.
Jamoat salomatligini yaxshilash uchun oltingugurt dioksidi va boshqa zaharli moddalar miqdorini maqsadli ravishda kamaytirish zarur. Bunday yondashuv nafaqat odamlarning jismoniy ahvolini yaxshilaydi, balki depressiya tarqalishini ham sezilarli darajada kamaytiradi. Bu ayniqsa aholining eng zaif qatlamlari, xususan, o‘rta yoshli va keksa insonlar orasida muhim ahamiyatga ega. Tahlil ekologik muammolar va ruhiy salomatlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatib bermoqda.
Mavzuga oid

16:56 / 12.02.2025
Buyuk Britaniyada olti yoshli bola sayyorani qutqarish uchun 2,5 mingta plastik yig‘di

15:41 / 11.02.2025
Kech nonushta qilish depressiyaga olib kelishi mumkin - tadqiqot

14:56 / 18.01.2025
2024 yilda o‘rmon yong‘inlari CO₂ chiqindilarining rekord darajada ko‘payishiga sabab bo‘ldi

14:25 / 07.01.2025