Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agrotexnika xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga imtiyozlar beriladi
Ishsiz yoshlarni qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis sifatida o‘qitish va qayta tayyorlash xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning buyurtmasi (talabi) bo‘yicha aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasiga asosan ishsiz yoshlarni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis sifatida va ushbu texnikalarni boshqaruvchi operatorlikka (traktorchi-mashinist) o‘qitish va qayta tayyorlash xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, agrotexnik xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, ekin maydonlarini lazerli yer tekislagich yordamida tekislash, g‘o‘zani chilpish (chekanka) va defoliatsiyalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga (bundan klasterlar mustasno) yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar tomonidan o‘z ehtiyoji uchun o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarining butlovchi va ehtiyot qismlari 2028 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod qilinadi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi
15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
17:25 / 28.03.2025