Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi bog‘chada 1 mlrd so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanildi
Toshkent viloyatining Bekobod tumani, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
O‘zenergoinspeksiya xabar berishicha, Bekobod tumanida joylashgan “S.D.” MChJ rahbari A.G. “G.F.” xususiy bog‘cha binosida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan. Natijada jami 1 mlrd 83 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelgan.
Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida “A.S.”, “O.O.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari va boshqalar elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslari va elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulagan.
Oqibatda jami 439,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
11:55 / 28.04.2025