Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 dekabr kuni vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi
O‘zgidromet 20 dekabr, juma kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0...+2 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –7...–12, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat kechasi –2...+3, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi –2...–7 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025