Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 15 yilda birinchi marta O‘zbekiston–Misr hukumatlararo qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi
Toshkent shahrida O‘zbekiston–Misr hukumatlararo qo‘shma komissiyasining navbatdagi 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish uchun mamlakatga 30 dan ortiq Misrning yirik kompaniyalari rahbarlari tashrif buyuradi.
Toshkent shahrida 22-24 dekabr kunlari O‘zbekiston–Misr hukumatlararo qo‘shma komissiyasining navbatdagi 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Qayd etilishicha, 15 yilda birinchi marta o‘tkazilayotgan qo‘shma komissiya yig‘ilishi O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Misr Rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish va xalqaro hamkorlik vaziri Rania Mashat rahbarligida o‘tkaziladi.
Tadbir doirasida ikki davlat yirik tadbirkorlari ishtirokida O‘zbekiston–Misr biznes-forumini ham o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun mamlakatga 30 dan ortiq Misrning yirik kompaniyalari, jumladan, El-Sewedy Electric, Hassan Allam Holding, ACDIMA, Nile Sugar, In2Metals rahbarlari tashrif buyuradi.
Qo‘shma komissiya yig‘ilishi yakuniga ko‘ra, ikki davlat vazirlik va idoralari o‘rtasida xalqaro shartnomalar, kompaniyalar o‘rtasida investitsion va eksport bitimlari imzolanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, so‘nggi bor O‘zbekiston–Misr hukumatlararo qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi 2009 yil 4-5 may kunlari Qohirada o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025