Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Isroil Suriyadagi harbiy markazga hujum qilganini tasdiqladi
Voqea 2024 yil sentabr oyida yuz bergan.
Isroil o‘tgan yilning sentabrida Suriya janubidagi Xama viloyatidagi harbiy tadqiqot markaziga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Isroil ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Xabar qilinishicha, 2024 yilning 8 sentabr kuni Isroil harbiylari Suriya hududiga kirib, Misiaf hududida joylashgan markazga hujum qilgan. OAV xabarlariga ko‘ra, Isroil xavfsizlik kuchlari «eronliklar zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurollar ishlab chiqargan markazni portlatib yuborgan».
Avvalroq Isroil hukumati ushbu mavzuni yoritishda senzurani olib tashlagan edi.
Suriyaning SANA axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 8 sentabr kuni Isroil askarlarining hujumi va Isroil harbiy-havo kuchlarining Suriyaga bergan zarbasi natijasida 14 kishi halok bo‘lgan, yana 43 kishi yaralangan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025