Toshkentda bloger «kontent uchun» hojatxona qog‘ozlari bilan ekologiyaga zarar yetkazdi
U hojatxona qog‘ozlari uyumi ustida turgan paytida mashina uning ostidan katta tezlikda harakatlanib o‘tgan. U va sheriklari yerga sochilgan hojatxona qog‘ozlarini voqea joyida qoldirib ketgan. Holat Ekologiya vazirligi va Toshkent shahar IIBB mas’ullari tomonidan o‘rganildi.

Foto: Videodan kadr
31 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar qadoqdagi hojatxona qog‘ozlarini yig‘ib, uni avtomobil bilan buzib o‘tgani aks etgan video tarqaldi. Shundan keyin internetda mazkur holat tasvirga olib bo‘lingach, hojatxona qog‘ozlari yig‘ishtirilmay, atrof-muhitni ifloslantirib ketilgani haqida video paydo bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati boshlig‘i Qahramon Xudayberganovning 2 yanvar kuni ma’lum qilishicha, ushbu huquqbuzarlik uchun bloger Jasurbek Shodiyev («Jasjan») javobgarlikka tortilgan.
Blogerning so‘zlariga ko‘ra, u «kontent uchun» shunday qilgan, olgan videosi tarmoqlarda 4 milliondan ortiq marta ko‘rilgan. Shodiyev holat takrorlanmasligini aytib, uzr so‘radi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 30 dekabr kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi «Bog‘bon» MFY hududida bo‘lgan. Fuqaro hojatxona qog‘ozlari uyumi ustiga chiqqan paytida «VAZ-2107» rusumli transport vositasi uning ostidan katta tezlikda yurib o‘tgan. Fuqaroga hech qanday jarohat yetmagan, mashinaning esa old oynasi va bamperlari shikastlangan.
Unga IIBdan tashqari, Ekologiya inspeksiyasi xodimlari ham atrof-muhitni ifloslantirgani bo‘yicha BHMning 5 baravari miqdorida (1 mln 875 ming so‘m) jarima qo‘llagan.
Shuningdek, videoda tasvirlangan transport vositasi ham topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan va ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil sentabrda ushbu blogerning Instagram akkaunti ko‘zdan kechirilgan vaqtda, jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi videomateriallar joylashtirib kelgani aniqlangan edi. O‘shanda Jasurbek Shodiyevga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Mavzuga oid

14:40 / 14.03.2025
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin

12:06 / 14.03.2025
Toshkentda bir kunda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 11 mln so‘m jarima qo‘llandi

10:06 / 13.03.2025
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi

16:51 / 08.03.2025