Isroil armiyasi: 2023 yil 7 oktyabrdan beri 28 harbiy o‘z joniga qasd qildi
2024 yilda o‘z joniga qasd qilgan harbiylar soni 21 nafarni tashkil etdi, bu so‘nggi 13 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich - Isroil armiyasi.

Foto: AFP
2023 yil 7 oktyabrdan, ya’ni Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari boshlanganidan beri 28 nafar isroillik harbiy o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Isroil armiyasi xabar berdi.
Isroil armiyasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektoriga hujumlar boshlanganidan beri o‘z joniga qasd qilgan harbiylar soni sezilarli darajada oshgan.
2024 yilda o‘z joniga qasd qilgan harbiylar soni 21 nafarni tashkil etdi, bu so‘nggi 13 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir, deya qayd etdi Isroil armiyasi.
Bundan tashqari, 2024 yilda o‘z joniga qasd qilgan 21 nafar harbiy xizmatchining 7 nafari oddiy askar, 12 nafari zaxiradagi askar bo‘lgan.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda 17 nafar harbiy xizmatchi o‘z joniga qasd qilgan. 2023 yil 7 oktyabrdan keyin yettita o‘z joniga qasd qilish holati sodir bo‘ldi.
2022 yilda 14 ta, 2021 yilda esa 11 ta shunday holat qayd etilgan.
Isroil armiyasi, shuningdek, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon minglab isroillik askar ruhiy kasalliklar tufayli jang maydonini tark etgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid

13:46
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti

19:46 / 17.04.2025
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi

13:43 / 15.04.2025
Isroil Germaniya TIVni HAMAS jangchilarini rag‘batlantirishda aybladi

08:45 / 15.04.2025