Isroilning G‘azo markaziy qismiga aviazarbasida 13 kishi halok bo‘ldi
Isroil samolyotlari «Nusayrat» va «Al-Mag‘ozi» qochqinlar lagerlaridagi ikkita uyga zarba berdi.

Foto: AFP
Isroil havo kuchlarining G‘azo sektori markaziy qismidagi «Nusayrat» va «Al-Mag‘ozi» qochqinlar lagerlariga uyushtirgan zarbalari natijasida 13 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi, ko‘plab insonlar yaralandi.
«Anadolu» agentligining tibbiy manbalarga tayanib xabar berishicha, Isroilning G‘azo sektori markaziga uyushtirgan havo hujumlaridan so‘ng 13 kishi halok bo‘lgan, ko‘p sonli yaradorlar «Al-Aqso» kasalxonasiga yetkazilgan.
Sog‘liqni saqlash rasmiylarining aytishicha, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida bolalar va ayollar ham bor.
Guvohlarning aytishicha, Isroil jangovar samolyotlari «Nusayrat» va «Al-Mag‘ozi» qochqinlar lagerlaridagi ikkita uyga havo hujumi uyushtirgan, bu vayronagarchilik va katta zararga sabab bo‘lgan.
Guvohlarning qayd etishicha, qutqaruv xizmatlari va tibbiyot guruhlari bedarak yo‘qolganlarni qidirish uchun vayronalar ostida qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid

13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi

20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi

19:43 / 26.05.2025