Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Su-27 samolyoti urib tushirilganini xabar qildi
Rossiya idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqarilgan oltita HIMARS yalpi o‘t ochish tizimi reaktiv snaryadlarini va 97 ta samolyot tipidagi UUAni urib tushirgan.

Foto: AFP
Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning Su-27 samolyotini, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan oltita HIMARS yalpi o‘t ochish tizimi reaktiv snaryadlarini urib tushirdi. Bu haqda 2 yanvar, payshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi bayonot berdi.
«Havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina havo kuchlarining Su-27 samolyotini, AQShda ishlab chiqarilgan oltita HIMARS yalpi o‘t ochish tizimi reaktiv snaryadlarini, shuningdek, 97 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi», — deyiladi mudofaa idorasi bayonotida.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, «tezkor-taktik aviatsiya, hujumkor uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa qo‘shinlari va Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari qo‘shinlari guruhlari artilleriyasi Ukraina harbiy-sanoat majmuasi korxonalarning ishlashini ta’minlaydigan energiya obektlari, harbiy aerodromlar infratuzilmasi, shuningdek, 146 ta hududda ishchi kuchi va dushman harbiy texnikasiga zarar yetkazdi».
Mavzuga oid

17:20
Ukraina parlamenti AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi

15:30
WP: Oq uy Ukrainadan AQShdan noqonuniy muhojirlarni qabul qilishni so‘ragan

14:55
Ukraina Rossiyaning «sulhning birinchi kechasi»dagi hujumlari haqida ma’lum qildi

11:57