Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elisa kompaniyasi Finlandiya va Estoniya o‘rtasidagi kabellarni ta’mirladi
Elisa Eesti AS vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ishlarni tugatish sanasiga ob-havo sharoiti ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lum qilinishicha, zarar Estoniya va Finlandiyada taqdim etilgan telekommunikatsiya xizmatlariga ta’sir qilmagan.
Elisa Eesti AS kompaniyasining Finlandiya va Estoniya o‘rtasidagi 2024 yil oxirida shikastlangan ikkita suvosti kabeli ta’mirlandi. Bu haqda 6 yanvar, dushanba kuni Finlyandiyaning yle axborot agentligi xabar berdi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ishlarni yakunlash sanasiga ob-havo sharoiti ta’sir ko‘rsatgan. Elisa'dan ta’kidlanganidek, zarar har ikki mamlakatda taqdim etilgan telekommunikatsiya xizmatlariga ta’sir qilmagan.
Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi uchta aloqa kabeliga zarar yetkazildi
ERR portalining 26 dekabr kuni xabar berishicha, Finlandiya ko‘rfazida Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi uchta aloqa kabeli shikastlangan. «Chorshanba kuni kechqurun Elisa Eesti AS va CITIC Telecom CPC Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va texnik tartibga solish departamenti (TTJA)ga Estoniya va Finlandiya o‘rtasida suvosti kabellaridagi uzilishlar haqida xabar berishdi», — deyiladi nashrda.
Texnik nazorat bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, Elisa konserniga tegishli ikkita aloqa kabeli uzilgan va CITIC Telecom kompaniyasiga tegishli bitta aloqa kabeli shikastlangan. «Ayni paytda uzilishlar sabablari noma’lum, ammo kabel egalari ularni ta’mirlash ustida ishlamoqda va bu foydalanuvchilarga ta’sir qilmadi», degandi Estoniya Iqtisodiy ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Laura Laaster.
Mavzuga oid
14:55 / 16.04.2025
Shvetsiya kabellar qasddan uzilgani bo‘yicha hech qanday dalil topmadi
14:55 / 28.01.2025
Shvetsiya maxsus xizmati Boltiq dengizidagi kabel shikastlanishini tekshirmoqda
17:18 / 27.01.2025
Latviya va Shvetsiya o‘rtasidagi suvosti kabeliga shikast yetkazishda gumonlangan kema hibsga olindi
12:25 / 07.01.2025