Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz
Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish tartibini belgilaydi.
U quyidagilarni nazarda tutadi:
- tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, almashlab ekishni suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish;
- tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almashinishini yo‘lga qo‘yish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi bo‘yicha xulosani shakllantirish.
Yaylovlardan oqilona foydalanish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
- yaylovlar almashinishi va suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
- yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni bo‘yicha aniqlangan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish me’yorini ta’minlash;
- yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish;
- yaylovlarning qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yerlarni begona o‘tlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi

16:15 / 19.02.2025
Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi

16:32 / 04.02.2025