Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Bank telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berilishi oqibatida kartadan pul yechilmasligini ma’lum qildi
Qayd qilinishicha, tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarida firibgarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan xavfsizlik choralari ko‘rilgan.
Markaziy Bank notanish telefon raqamlaridan qilingan qo‘ng‘iroqlarga javob berilishi oqibatida bank kartadagi pul mablag‘lari avtomatik tarzda yechib olinayotgani haqidagi xabarlarni rad qildi.
Qayd qilinishicha, tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarida firibgarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan xavfsizlik choralari ko‘rilgan.
Xususan, fuqaro tijorat banki yoki to‘lov tashkiloti mobil ilovasidan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tishda telefon raqamini ko‘rsatadi hamda SMS-xabar shaklida kelgan tasdiqlash kodini kiritadi, shuningdek, o‘z shaxsini tasdiqlash maqsadida qo‘shimcha biometrik identifikatsiyadan o‘tadi.
Shu bilan birga, tijorat banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarida yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga nisbatan ilovaga biriktirilgan bank kartalaridan foydalanish 1 soatgacha cheklanadi.
Biroq fuqaro o‘zining mobil ilovadagi akkauntini boshqarish huquqini beruvchi login va parol hamda telefon raqamiga kelgan bir martalik OTP kodni begona shaxslarga (firibgarlarga) berib qo‘ysa yoki messenjerlar orqali tarqalayotgan zararli apk fayllarni mobil qurilmaga o‘rnatsa, uning bank kartasidan noqonuniy ravishda pul yechib olinishi mumkin.
Mavzuga oid
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
07:46 / 13.05.2025
Firibgarlar qanday qilib bank kartasidagi pullarni o‘marmoqda?
13:45 / 09.05.2025
O‘zbekistonda xorijiy bank vakolatxonasini akkreditatsiya qilish tartibi o‘zgardi
14:57 / 08.05.2025