Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarlikda ayblangan o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilindi
Avtomobil oldi-sotdisida firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2015 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyadan deportatsiya qilindi.
11 yanvar kuni O‘zbekistonda firibgarlik jinoyatlarini sodir etib Turkiyada yashirinib yurgan shaxs O‘zbekistonga yuborildi.
Istanbuldagi bosh konsulxona xabariga ko‘ra, Turkiya va O‘zbekiston IIV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Istanbul shahrida qo‘lga olingan I.U. (1969 y.t.) O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U 2015 yildan buyon avtomobil oldi-sotdi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan IIV yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘ralgan.
Konsulxonaning eslatishicha, jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi.
Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortgani sababli fuqarolardan ogoh bo‘lish so‘raldi.
Mavzuga oid
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
17:02 / 21.05.2025
Rossiyada migrantlarni mobil ilova orqali kuzatish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
11:15 / 20.05.2025
AQSh «ixtiyoriy deportatsiya» dasturi bo‘yicha dastlabki migrantlarni chiqarib yubordi
10:24 / 20.05.2025