Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 826 mlrd so‘m zarar yetkazildi
Noqonuniy qum-shag‘al qazib olishga qarshi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, Qoradaryo daryosining Samarqand viloyatidan oqib o‘tuvchi Oqdaryo tumaniga tutash qismida bir guruh fuqarolar tomonidan tungi soat 02:00 da noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olinayotganligi va holat joyiga yaqin tosh maydalash sexiga olib borilayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Natijada tabiatga 118 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, 1 dona ekskavator va 2 ta yuk tashuvchi transport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi.
Shuningdek, Zarafshon daryosining Samarqand viloyatidan oqib o‘tuvchi, Toyloq tumaniga tutash qismida ham bir guruh fuqarolar tomonidan tungi soat 04:30 da Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududidan 7 ta ekskavator va 25-30 ta yuk mashinalaridan foydalangan holda qum-shag‘al qazib olinayotganligi hamda tosh maydalash sexlariga olib borilayotganligi aniqlandi.
Mazkur qonunbuzarlik natijasida tabiatga yetkazilgan zarar 708 mlrd so‘mni tashkil etgan. Holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, 1 dona ekskavator va 3 dona yuk tashuvchi transport vositalari tegishli tartibda jarima maydoniga joylashtirildi.
O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida noqonuniy qazish ishlari doimiy ravishda olib borilganligi sababli 7 gektar yashil maydon yo‘q bo‘lib ketgan.
Holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
10:51 / 15.05.2025