Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 6 kishiga yetdi. Holatga aloqador Turkmaniston fuqarolari qo‘lga olindi
Ular qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan. So‘nggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlangan.
Qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbul shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Olingan ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlangan. Kasalxonaga murojaat qilganlarning 11 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Politsiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, shifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklardir.
Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Hozirga vaqtga qadar qalbaki spirtli ichimliklar oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari soni 6 nafarga yetgan. Ulardan 5 erkak va 1 nafar ayol kishini tashkil etmoqda.
Avvalroq Samarqand shahrining Kimyogarlar qo‘rg‘onida 17 kishi vafot etgani, ular qo‘lbola spirt iste’molidan zaharlangan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi. Bosh prokuratura 13 yanvar kuni mazkur zaharlanish holati bo‘yicha rasmiy bayonot berib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 5 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:33 / 17.05.2025