Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank 100 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqaradi
17 yanvardan boshlab tijorat banklarida og‘irligi 100 gramm bo‘lgan oltin quymani ham sotib olish mumkin bo‘ladi. Bungacha 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalar sotuvi yo‘lga qo‘yilgandi.
Markaziy bank 17 yanvardan boshlab 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarga qo‘shimcha ravishda og‘irligi 100 gramm bo‘lgan oltin quymani tijorat banklari orqali sotuvga chiqaradi.
Regulyator buni aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini yanada oshirish hamda qimmatbaho metallar muomalasini kengaytirish maqsadida amalga oshirayotganini ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, quymalar maxsus himoya qadog‘ida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajarib, seriya raqamiga ega bo‘ladi. Oltin quymalarning sotish narxlari har kuni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida milliy valutada e’lon qilinadi. Qadog‘i but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida egasidan qayta sotib olinishi ham mumkin.
Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekpertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng to‘lov qilinadi.
Qadog‘i but holatdagi oltin quymalarni O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Markaziy bank tomonidan oltin quymalarning 15 yanvar kuni e’lon qilingan narxlari quyidagicha:
- 5 gr – 5 mln 728 ming;
- 10 gr – 11 mln 457 ming so‘m;
- 20 gr – 22 mln 913 ming so‘m;
- 50 gr – 57 mln 284 ming so‘m.
Mavzuga oid
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
22:41 / 24.05.2025
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
21:04 / 22.05.2025