Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada soatiga 280 km tezlikda harakatlangan poyezdga osilib olgan erkak omon qoldi
Yo‘lovchi tamaki chekish uchun platformaga tushganida poyezd eshiklari yopilib, harakatlana boshlagan. Chamadoni va hujjatlari poyezd ichida qolgan erkak vagonlar orasidagi troslarga osilib olgan.
Germaniyada chiptasiz erkak soatiga 280 kilometrdan yuqori tezlikda harakatlangan poyezdga osilib olib, qariyb 30 kilometr masofani bosib o‘tdi, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, Vengriya fuqarosi bo‘lgan 40 yoshli erkak Myunxendan Germaniya shimolida joylashgan Lyubekka ketayotgan poyezdga chiptasiz chiqib olgan. Poyezd Myunxendan 70 kilometr shimolda joylashgan Ingolshtadt stansiyasida to‘xtagan vaqtda, yo‘lovchi tamaki chekish uchun platformaga chiqqan. Shu vaqt poyezd eshiklari yopilib, harakatlanishni boshlagan va erkak vagonlar orasidagi ochiq joyga kirib, torsga osilib olgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, poyezd soatiga 282 kilometr tezlikda harakatini davom ettirgan. Oradan ko‘p o‘tmay mashinist Ingolshtatddan 30 kilometr uzoqlikda poyezdni to‘xtatgan va chiptasiz yo‘lovchi qo‘lga olingan.
Politsiya tomonidan so‘roq qilingan vaqtda yo‘lovchi chamadoni va barcha hujjatlari poyezd ichida qolgani uchun unga osilib olishga majbur bo‘lganini bildirgan. Xavfli sayohatga qaramay, erkakka hech qanday jarohat yetmagan. U chiptasiz harakatlangani va jamoat tartibini buzgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025