Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin zaxiradagi fuqarolarni yig‘inlarga chaqirishga oid farmonni imzoladi
Zaxiradagi Rossiya fuqarolari Qurolli kuchlar tarkibida harbiy yig‘inlarda qatnashadi. Hukumat va mintaqaviy ijroiya organlari tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin zaxiradagilarni harbiy yig‘inlarga chaqirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat huquqiy ma’lumotlar portalida e’lon qilindi.
Farmonga muvofiq, harbiy yig‘inlarga zaxiradagi fuqarolar jalb etiladi. Yig‘inlar RF Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya va FVVning qutqaruv bo‘linmalari tarkibida o‘tkaziladi.
Hujjatda aytilishicha, Rossiya hukumati va mintaqaviy ijroiya organlari tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlashi shart. Farmon e’lon qilingan kundan – 16 yanvardan kuchga kiradi.
Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti bu kabi farmonni har yili imzolaydi. O‘tgan yilda Putin bunday hujjatga mart oyida, 2023 yilda esa mayda imzo chekkan.
Prezident farmoni asosida Mudofaa vazirligi safarbarlik boshqarmasi tegishli direktivani tayyorlaydi, u esa oblastlardagi «voyenkomat»larga yuboriladi va shundan keyin zaxiradagi rossiyaliklarga chaqiruv qog‘ozlari jo‘natiladi.
Rossiyada armiyaga kuzgi chaqiruv 28 dekabrda yakunlangan. Qurolli kuchlar tarkibiga 133 ming kishi jalb etilgan. Chaqiruv komissiyalari 1 oktyabrdan ish boshlab, chaqiriluvchilarni 15 oktyabrdan qo‘shinlarga yuborishga kirishgan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025